Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, fojia 6-may kuni soat 08:30 atrofida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, 28 yoshli N. M. va 18 yoshli K. I. tanlangan bitiruv libosi sabab janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, tergov versiyasiga ko‘ra, gumonlanuvchi qizning ko‘kragi va qorniga bir necha bor pichoq urib, voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, biroq olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan, zarur ekspertizalar tayinlangan. Holat yuzasidan N. M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlangan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qotillikning taxminiy motivi haqida ma’lumot: bitiruv libosi sabab rashk.