2026 yilda O‘zbekiston fuqarolari 9-may — Xotira va qadrlash kuni nishonlanishi munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘ladi. Ushbu bayram shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, dam olish kuni dushanba — 11-mayga ko‘chiriladi.
Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ketma-ket uch kun dam olish nazarda tutilgan: 9-may (shanba, bayram kuni), 10-may (yakshanba, dam olish kuni) va 11-may (dushanba, ko‘chirilgan bayram dam olish kuni).
Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish ikki kun — 9 va 10-mayni tashkil etadi.
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2025 yil 24 dekabrda imzolangan, fuqarolarning to‘laqonli dam olishi uchun sharoit yaratish va ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan farmon bilan tasdiqlangan.