Centrum Air ma’lum qildi16-may sanasidagi Toshkent — Guanchjou — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha C6511D/C6512D reysining sezilarli kechikishi sabablari haqida.
Oldingi reysni bajarish vaqtida havo kemasiga chaqmoq urgan. Xavfsizlik talablari asosida samolyot tezkor ravishda texnik ko‘rik, diagnostika va zarur tiklash ishlari uchun ekspluatatsiyadan chiqarildi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra aviakompaniya ushbu yo‘nalishda havo kemasini almashtirishga qaror qildi.
Kutish davrida yo‘lovchilarga uch mahal ovqat bilan mehmonxonaga joylashtirish taqdim etildi. Centrum Air yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligi eng ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidlab, yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.