Hodisa 25 aprel kuni Vashingtondagi Washington Hilton mehmonxonasida AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi kechki ovqat vaqtida sodir bo‘ldi. Oq uy muxbirlari yillik qabul marosimi paytida otishma ovozi eshitilgan, shundan so‘ng Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens tezda zaldan olib chiqilgan; guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mehmonlar stol ostiga yashirinishga majbur bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Washington Hilton binosi Maxfiy xizmat bo‘linmalari tomonidan qurshab olingan, hudud ustida esa vertolyotlar aylanib yurgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan: dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Kaliforniyadan bo‘lgan 31 yoshli Koul Tomas Allen bo‘lib, u ov miltig‘i bilan qurollangan va zalga kirishga urinib, Maxfiy xizmat xodimiga o‘q uzgan.