Joze Mourinyo Madridning «Real» jamoasini boshqaradi va 2028 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Joze «Bilbao»ga qarshi o‘yindan so‘ng Madridga yo‘l oladi. Bu haqda nufuzli sport insayderi Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv to‘liq yakunlangan, «Real» portugaliyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun «Benfika»ga €6 mln kompensatsiya to‘laydi. Avvalroq, murabbiy klubda transfer bo‘yicha qarorlar qabul qilishda so‘z huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi ham qayd etilgandi.

Mourinyo «Real»da 2010–2013 yillarda ham ishlagan va o‘shanda jamoa bilan Ispaniya chempionati, Kubogi hamda Superkubogini yutgan.