7 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi moliyachi va bloger Otabek Bakirovga nisbatan yuritilgan ma’muriy ishni tugatdi. Ish energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudovning shikoyati asosida qo‘zg‘atilgan edi. Sudda yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgani tushuntirildi. Qaror Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasi inobatga olingan holda va 271-moddaning 7-bandiga asosan — belgilangan muddatning o‘tib ketgani munosabati bilan qabul qilindi.

Energetika vazirligi rahbarining shikoyati Bakirovning metan zapravkalaridagi gaz ta’minoti holati, navbatlar, shuningdek Avto24 ilovasining ishlashi haqidagi (jumladan, AGNKSlarda gaz mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlar beruvchi servis sifatida ham taqdim etilgan) postlariga taalluqli edi.