O‘zbekistonda fuqarolarga banklarda pasport, ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etmasdan $500 gacha bo‘lgan miqdorda naqd xorijiy valyutani sotib olishga ruxsat berildi. Tegishli hujjat Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, belgilangan limitdan ortiq miqdorda valyuta sotib olinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi amal qiladi. Hozirda hujjatlarsiz naqd xorijiy valyutani faqat $100 doirasida sotib olish mumkin.

Yangi tartib uch oy ichida kuchga kiradi.