Toshkent shahar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Unda Uchtepa tumanining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha katta inspektori (1995 y.t.) qo‘lga olindi. Idoralar ma’lumotiga ko‘ra, u fuqaroдан 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni noqonuniy olayotgan paytda ushlangan, shuningdek, ashyoviy dalillar musodara qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, inspektor pul talab qilib, 1990 y.t. erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortishni va’da qilgan. Arizachining versiyasiga ko‘ra, u 2025 yil dekabrida chet el fuqarosidan 450 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan — go‘yoki MChJ hujjatlarini soxtalashtirish hamda IT-xizmatlar ko‘rsatish bahonasi orqali. Shu bilan birga, tergovga qadar tekshiruv davomida joriy yil fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan mazkur MChJ bilan bog‘liq firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingani aniqlangan. 

Ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari davom etmoqda.