Qashqadaryo viloyatida brakonʼyerlik holati toʻxtatildi: Shahrisabz tumanida bir erkak Tanhоz daryosida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 ta Amudaryo forelini, shuningdek 6 ta oddiy karasni noqonuniy tutib olgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida xabar berilishicha, tabiatga yetkazilgan zarar 12 milliard 749 million 340 ming soʻmni tashkil etgan.

Qoidabuzarlik tuman ekologiya boshqarmasining viloyat boshqarmasi hududiy boʻlinmasi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan. Idora maʼlumotlariga koʻra, brakonʼyerning harakatlari bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzish sifatida malakalangan: ekologik nazorat, tabiatni muhofaza qilish va hayvonot dunyosi toʻgʻrisidagi qonunlar, shuningdek 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan mamlakatning tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari. 

Vazirlikda eslatishlaricha, urchish davrida baliq ovlashga mavsumiy taqiq amal qiladi. Ish bo‘yicha materiallar choralar ko‘rish uchun Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga yuborildi.