Qirg‘iziston GKNB sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi, xabar beradi 24.kg. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap «hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar» hamda «mansab vakolatini suiiste’mol qilish» moddalari haqida bormoqda.
Advokat Ikramidin Aytqulov ma’lum qilishicha, ish materiallarida 2 va 4-qismlar tilga olinadi: ularda o‘ziga yoki boshqa shaxslarga foyda va ustunliklar olish maqsadida yoxud boshqa shaxsiy manfaatdorlikdan kelib chiqib sodir etilgan qilmish, shuningdek mas’ul lavozimni egallagan mansabdor shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishi haqida so‘z boradi.
GKNB sobiq rahbariga nisbatan mamlakatni tark etmaslik majburiyati (tilxat) tarzida ehtiyot chorasi tanlandi; so‘roqdan so‘ng u IIV binosini tark etdi. Alohida qayd etilishicha, sobiq bosh prokuror Qurmanqul Zulushyev va parlament sobiq spikeri Nurlanbek Turg‘unbek uulu bo‘yicha vaziyat aniq emas — ular ham ushbu ish doirasida tilga olinadi.