Bosh prokuratura huzuridagi departament aniqladiki, tergov ma’lumotlariga ko‘ra tarkibiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq mansabdor shaxslari, xususiy bandlik agentliklari vakillari va boshqa shaxslar kirgan jinoiy guruh faoliyat yuritgan. Ular fuqarolarni Janubiy Koreyaga mehnat migranti sifatida yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxemani tashkil etishda ayblanmoqda.

Tergovga ko‘ra, ushlanganlar 35 nafar fuqorodan noqonuniy ravishda jami $263,5 ming olgan. Shuningdek, rasmiy to‘lovlardan tashqari, fuqarolardan, ta’kidlanishicha, firibgarlik yo‘li bilan $7 mingdan $12 minggacha miqdorda pul yig‘ib kelingan. Natijada noqonuniy olingan mablag‘larning umumiy hajmi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bahosiga ko‘ra qariyb $90 mlnni tashkil qilishi mumkin.

Hozirda Janubiy Koreyaga ishga yuborilmagan 600 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda va uni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Alohida qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq xodimlari, xususiy bandlik agentliklari vakillari va boshqa shaxslar 230 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilib $580 ming, shuningdek, allaqachon yuborilgan 1 000 nafar fuqorodan $5,6 mln olgan. Ushbu epizodlar bo‘yicha noqonuniy olingan mablag‘lar summasi keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra $45 mlnni tashkil etgan.