Uchtepa tumanidagi tijorat banki xodimlari mijozning 500 000 AQSh dollari miqdoridagi depozit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv yakunlari bo‘yicha xabar berildi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, bankning mas’ul shaxslari soxta hujjatlarga asoslanib, fuqaro I.M.ning depozitini qonunga xilof ravishda egallab olgan va pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Hodisa yuzasidan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata) hamda JKning 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.