Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun amaldagi chempion Gukesh Dommaraju (Hindiston) va O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sinderov o‘rtasidagi match 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Bu haqda FIDE matbuot xizmati rasmiy saytda e’lon qilingan xabarda ma’lum qildi.
Shu bilan birga, FIDE matchni qabul qilib olish huquqi uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini e’lon qildi. Bellashuvning minimal sovrin jamg‘armasi $2,5 mln miqdorida belgilandi.
Aprel oyida Javohir Sinderov Kiprda bo‘lib o‘tgan Nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘alabani ta’minlab, shu tariqa Dommaraju bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Hind shaxmatchisi 2024 yil dekabrda xitoylik grossmeyster Din Lijyenni mag‘lub etib, jahon chempioniga aylangan.