Fransiyaning «PSJ» jamoasi Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi yarim finalining ilk uchrashuvida Germaniyaning «Bavariya»sini 5:4 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida Xvicha Kvaratsxeliya (24, 56) va Usmon Dembele (45+5, 58) dubl qayd etdi, yana bir golni Joau Nevesh (33) kiritdi. Mehmonlar tarkibida Harri Keyn (17), Maykl Olise (41), Dayo Upamekano (65) va Luis Dias (68) gol urdi.
Javob uchrashuvi 7-mayga o‘tar kechasi Myunxenda bo‘lib o‘tadi.