Londonning «Arsenal» klubi 2025/2026 mavsum Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi — ular yarim final javob uchrashuvida Madridning «Atletiko»sini mag‘lub etdi. Londondagi uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi, ikki o‘yin yig‘indisida esa ingliz klubi ustun keldi — 2:1.
Javob uchrashuvidagi yagona golni 45-daqiqada Bukayo Saka urdi. Madriddagi ilk o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
«Arsenal» Chempionlar ligasida hozircha biror marta ham g‘olib bo‘lmagan. Klubning avvalgi eng yaxshi natijasi 2006 yilgi final bo‘lib, unda londonliklar «Barselona»ga 1:2 hisobida yutqazgan.
Finalda «Arsenal» «Bavariya» — «PSJ» juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.