O‘zbekiston terma jamoasi sardori va «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Chempionat yakunlariga ko‘ra u 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Xuddi shuncha (22) golni «Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachu ham o‘z hisobiga yozdirgan, biroq uning gollaridan 6 tasi penaltidan urilgani sababli u to‘purarlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi bo‘lib «Fenerbahche» futbolchisi Anderson Taliska yakunladi: braziliyalik yarim himoyachi mavsumni 19 ta gol va 4 ta assist bilan tugatdi.