«PSJ» Chempionlar ligasi finaliga chiqdi: u javob yarim final bahsida Myunxenning «Bavariya»si bilan durang o‘ynadi (1:1).

Hisob 3-daqiqadayoq ochildi: mehmonlar safida hujumchi Usmon Dembélé gol urdi. Mezbonlar esa ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada hisobni tenglashtirdi — gol muallifi Harri Keyn.


Final yo‘llanmasini parijliklarga birinchi uchrashuv natijasi ta’minlab berdi: unda «PSJ» 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi. Hal qiluvchi o‘yinda fransuz klubi inglizlarning «Arsenal»i bilan to‘qnash keladi. Final 30-may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — «PSJ»: o‘tgan yilgi finalda jamoa «Inter»ni yirik hisobda mag‘lub etgandi — 5:0.