O‘zbekiston futbol terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda AFU matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv 2026 yil 8 iyunga rejalashtirilgan va Nyu-York (AQSh)dagi Icahn Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi K guruhiga tushib, unda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan o‘ynaydi. Niderlandiya esa F guruhida Yaponiya, Shvetsiya va Tunis bilan o‘ynaydi.

Niderlandiya FIFA reytingida 7-o‘rinda, O‘zbekiston esa 50-o‘rinda.