Xotira va qadrlash kuni arafasida, 8-may kuni davlat rahbari Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» monumenti, shuningdek Milliy qahramonlar xiyobonida gullar qo‘yadi.
Bundan tashqari, 8-may kuni prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini ziyorat qilib, ularni bayram bilan tabrikladi. Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalida u Akmal ota Akramov, Vera Juravskaya, Hasanboy ota Xalmatov va Vladimir Alekseykov bilan suhbatlashib, ularning ahvoli bilan qiziqdi, hayot yo‘li va ko‘rsatgan jasoratini e’tirof etdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarining 16-apreldagi qaroriga muvofiq urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga alohida e’tibor va ko‘mak ko‘rsatilmoqda, jumladan sog‘liqni mustahkamlash uchun sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanmalar berilmoqda.
Avvalroq Kreml Moskvaga keladigan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari ko‘rsatilmagan. Biroq keyinchalik O‘zbekiston prezidenti Moskvada 9-mayga bag‘ishlangan paradda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.