Andijon viloyatida yakshanba kuni Z. M. Bobur nomidagi dam olish bog‘i («Bog‘ishamol») hududida ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi. Guvohlar hodisa oqibatida kamida yetti kishi jabrlanganini ma’lum qilishdi.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tasdiqlashicha, 26-aprel kuni bog‘dagi attraksionlardan birida metall konstruksiya sinib ketgan. Idorada aniqlik kiritilishicha, «ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan».
Kun.uz ma’lumotlariga ko‘ra, qulash attraksionning zanjiri uzilib ketganidan so‘ng sodir bo‘lgan, natijada konstruksiya yiqilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ham attraksionning yerga sochilib ketgan qismlari ko‘rinadigan videolar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari attraksionlarning bir qismi go‘yoki tekshiruvdan o‘tmaganini ham ta’kidlashmoqda, biroq bu da’volarga oid rasmiy tasdiqlar yo‘q. Andijon viloyati FVB hodisa sabablarini hozircha oshkor qilmagan.