O‘zbekistonda “Eko-faol fuqaro” platformasi ishga tushirildi: 10 ming qadam uchun rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan
Ekologiya qo‘mitasi 1-maydan ekomadaniyat va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan yangi platforma ishga tushirilganini ma’lum qildi. “10 ming qadam” uchun to‘lovlar tartibi hali ishlab chiqilmoqda.